Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha belgilangan bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya toʻlanmoqda.

Bunda bazaviy meʼyor doirasidagi va bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq qoplab beriladi.

2026-yilning 6 oyi davomida toʻlangan 92,1 mlrd soʻm kompensatsiyaning:

— 51 427,8 mln soʻmi elektr energiyasi uchun;

— 40 702,3 mln soʻmi tabiiy gaz uchun ajratilgan.

Kompensatsiya olish tartibi boʻyicha batafsil maʼlumot olish uchun fuqarolar mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki 1140 qisqa raqamli Call-markazga murojaat qilishi mumkin.