Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” çegara bojxona postining kiriş yönalişidagi piyodalar zaliga kirib kelgan xorij fuqarosi bojxona nazoratidan ötkaziş maqsadida “Body scanner” qurilmasiga yönaltirildi.
Nazorat jarayonida fuqaro egnidagi şimining çap çöntagida bölgan, qora rangli polietilen paketga öralgan noma’lum buyumni skaner içiga taşlab yuborgani aniqlandi.
Mazkur buyum “Sariosiyo” çegara bojxona posti hamda Sariosiyo tumani IIB xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari arbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda, xolislar iştirokida közdan keçirildi.
Natijada paket içidan oq rangli polietilen paketga öralgan 527 dona oq rangli, silindrsimon tabletka hamda 10,1 gramm maydalangan kukunsimon modda topildi.
“TrueNarc” narkotestori yordamida ötkazilgan dastlabki tekşiruv natijasida tabletkalar tarkibida qonunçilikda giyohvandlik vositalari turkumiga kiritilgan “Tramadol” moddasi mavjudligi tasdiqlandi.