Lovallo ko‘p yillar davomida fermer bo‘lib ishlagan. U qo‘y boqib, uzum ekkan. Hatto 100 yoshdan oshgan bo‘lsa ham, u uzumzorida ishlashni davom ettirdi.

Ikkinchi jahon urushi paytida Lovallo frontda harbiy xizmatda bo‘lgan va 1943 yildan 1945 yilgacha nemis harbiy asiri bo‘lgan. Uning 4 farzandi bor. Rafiqasi bir necha yil oldin vafot etgan, deb xabar berdi Kazinform.

Lovalloning o‘limidan so‘ng, Yevropaning eng keksa erkak unvoni 111 yoshli portugaliyalik Joakim Varelaga o‘tdi. Biroq, u Yevropaning eng keksa odamlari ro‘yxatida 32-o‘rinda turadi. Undan oldin 31 nafar ayol bor.

Ro‘yxatga ko‘ra, Yevropa va dunyodagi eng keksa odam 117 yoshli britaniyalik Etel Katerxem hisoblanadi.