Holat Fargʻona viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Fargʻona shahridagi «Muruqqat» MFY, Fargʻona koʻchasi 78-uyda oʻtkazilgan monitoring davomida maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, 78-uydagi 17-xonadon mulkdori koʻp kvartirali uyining yertoʻla qismida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 648-son qarori talablariga zid ravishda sunʼiy hovuz oʻrnatgan. Unda turli baliqlar, jumladan, akula ham boqilgan.
Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 159¹-moddasi boʻyicha maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Shuningdek, mulkdorga yertoʻlani 15 kun muddatda boʻshatib, uni avvalgi holatiga keltirish boʻyicha yozma koʻrsatma berildi.
Bundan tashqari, ichimlik suvini oʻzboshimchalik bilan foydalanish holati yuzasidan ham tegishli bayonnoma rasmiylashtirildi.