«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilişi tugallanmagan köp kvartirali uylarda noqonuniy yaşaşning oldini olişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi Qonun bilan belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga yöl qöygan buyurtmaçi yoki pudratçining masʼul va mansabdor şaxslari uçun töğridan-töğri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Şuningdek, Şaharsozlik kodeksiga ham tegişli özgartirişlar kiritilmoqda. Unga köra, buyurtmaçilar va pudratçilar foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga yöl qöymaslik çoralarini körişi şart böladi.
Majlisda taʼkidlanganidek, uşbu özgartirişlar uy-joy bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş, fuqarolarning qonuniy manfaatlari va mulk huquqini himoya qilişga qaratilgan.
Senatorlar qonunni maʼqulladi.