Hozirgacha uch kishi halok bo‘lgani va yana 17 kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum.

Qutqaruvchilar o‘ta og‘ir sharoitlarda ishlayapti. Binoning qolgan qismlari istalgan vaqtda qulash i mumkin. Shuning uchun mutaxassislar ishlarning aksariyat qismini qo‘lda bajaryapti.

Teplovizorlar yordamida vayronalar ostida odamlar borligi aniqlandi. Shu asosda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilyapti.

Rasmiylar ob’ekt egasini aniqlashdi va halokat sabablari tekshirilyapti. Quruvchilarning qarindoshlari tezkor ma’lumot talab qilmoqda. Biroq, qutqaruvchilar xavfsizligi bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan xavf qidiruv ishlarini sekinlashtiryapti, deb xabar berdi Kazinform.