“Finlyandiya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Yoxanna Mariya Ogren xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – So‘nggi yillarda O‘zbekiston–Finlyandiya munosabatlari sezilarli darajada faollashmoqda.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish muhimligi qayd etildi.
Elchi xonimga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekiston–Finlyandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 26-fevralda o‘rnatilgan.