Parlament qonunni ma’qulladi. Qoidalar 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Shu kundan boshlab yangi akkauntlar yaratilmaydi va platformalar mavjud akkauntlarni o‘chirish uchun to‘rt oy vaqtga ega bo‘ladi. 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga platformalardan foydalanishda vaqt cheklovlari joriy etiladi. Yoshni tekshirish hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus xizmatlar yordamida amalga oshiriladi, ammo bu qanday ishlaydi, buni vaqt ko‘rsatadi, deb xabar berdi 1tv.ru.