Kompaniyaning maqsadi halokatli kasalliklarni tashuvchi hasharotlar populyatsiyasini kamaytirishdir. Ctatistik ma’lumotlarga ko‘ra, chivinlar sayyoradagi boshqa hayvonlarga qaraganda ko‘proq odamlarning o‘limiga sabab bo‘ladi, deb xabar berdi The Guardian.
Chivchinlar denge isitmasi, G‘arbiy Nil isitmasi, Zika isitmasi, chikungunya isitmasi va bezgak kabi halokatli kasalliklarni yuqtiradi. Google bu muammoni g‘ayrioddiy tarzda hal qilishni rejalashtirmoqda: xavfli chivin populyatsiyasini nazorat qilish uchun erkak chivinlarni qo‘yib yuborish orqali.
Erkak chivinlar odamlarni chaqmaydi va kasalliklarni tashuvchi emas. Kompaniya erkak chivinlarni tabiiy ravishda sodir bo‘ladigan volbaxiya (Wolbachia) bakteriyasi bilan o‘stiradi: erkak chivin yovvoyi urg‘ochi chivin bilan juftlashganda, urg‘ochi chivinning tuxumlari rivojlanmaydi. Google vakillarining so‘zlariga ko‘ra, har bir yangi avlod bilan yovvoyi chivin populyatsiyasi kamayadi.
Kompaniya bitta turga — Zika virusi va chikungunya isitmasining asosiy tashuvchisi bo‘lgan Aedes aegyptiga e’tibor qaratmoqda. Google muhandislari va olimlari erkaklar chivinlarni urg‘ochilaridan aniq ajratish va ularni kerakli joyda va kerakli miqdorda qo‘yib yuborish uchun katta ma’lumotlar texnologiyalari, sensorlar va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan kompyuter ko‘rish tizimidan foydalanishmoqda.
Bu usul Google ixtirosi emas — u “steril hasharotlar texnikasi” deb ataladi va o‘nlab yillar davomida mavjud. Florida universitetining chivinlarning mikroorganizmlar bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha ixtisoslashgan dots.nti Erik Karagata volbaxiya hasharotlarni sterilizatsiya qilish uchun taxminan 15 yildan beri qo‘llanilganini ta’kidladi.
Kompaniya bu usuldan foydalanish qarorini an’anaviy chivinlarga qarshi kurash usullari samarasiz ekanligi bilan izohlaydi: pestitsidlarni purkash zaharli va vaqt o‘tishi bilan samaradorligini yo‘qotadi va barcha chivin ko‘payish joylarini topish va yo‘q qilish deyarli imkonsiz. Loyiha dastlab Googlening bosh kompaniyasi bo‘lgan Alphabet sho‘ba korxonasi Verily Health tarkibiga kirgan Debug bo‘limi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) hozirda Googlening Florida va Kaliforniyada ikki yil davomida har yili 16 milliongacha chivinni qo‘yib yuborish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqmoqda. EPA Googlega eksperimental foydalanish uchun ruxsatnoma berish-bermaslik to‘g‘risida qarorni 5 iyun kuni tugaydigan jamoatchilik muhokamasi davridan keyin qabul qiladi, deb xabar berdi rbc.ru.