Tadbir davomida Yuqori Chirchiq tumani Nurafshon MFY hududidan oqib oʻtgan Chirchiq daryosi oqimi boʻylab chap qirgʻogʻiga yaqin hududga fuqaro M.B. tomonidan Kamaz rusumli davlat raqami 01 G 316RC boʻlgan avtotransport vositasi tomonidan qurilish chiqindilarini toʻkayotgan holat aniqlandi. 

Holatga aniqlik kiritilganda fuqaro joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent shahar Ekologik va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Yashnabod tumani Ekopolitsiya xodimlari tomonidan qonuniy chora koʻrilsada takroriy sodir etganligi aniqlandi. Holat boʻyicha fuqaroga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va Yuqori Chirchiq tumani Jinoiy ishlari boʻyicha sudiga bayonnoma rasmiylashtirilib takror sodir etgani uchun avtotransport vositasini musodara qilish uchun to’plangan hujjatlar yuborildi. Shu kunning oʻzida avtotransport vositasi jarima maydonchasiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirildi.

Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati