Nizomga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum o‘quvchilari, yoshlar, talabalar hamda band bo‘lmagan aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi.

Nizomga ko‘ra, Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan har yili 1 martga qadar (shu kuni ham) elektron platforma orqali tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Tanlovda:

  • 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band bo‘lmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod;
  • 2-bosqichda – texnikum o‘quvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan har bir kasb kesimida 1–3-o‘rin egalari;
  • 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan har bir kasb kesimida 1–5-o‘rin egalari ishtirok etadi.

Tanlov tegishli kasb bo‘yicha moddiy-texnik bazasi mavjud bo‘lgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda o‘tkaziladi.

Tanlovning 3-bosqichi g‘oliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari BHMning quyidagi miqdorlarida 1 martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin (oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari;
  • 2-o‘rin (kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari;
  • 3-o‘rin (bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari.

Tanlovning 3-bosqichi g‘oliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi.