– Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni koʻrishi kerak, – dedi Prezidentimiz.

Shu bois, birlamchi boʻgʻin tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich maxsus kiyim-bosh bilan bepul taʼminlanadi.

Joriy yil ilk bor tuman boʻgʻinidagi eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari boʻyicha viloyat tanlovlari oʻtkazilmoqda. Gʻoliblar 30 million soʻmdan mukofotlanadi.

Kelasi yil ragʻbat yanada kuchaytiriladi: viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 14 nafar shifokor elektromobil bilan taqdirlanadi. Sogʻlom turmush tarzini targʻib qiladigan eng yaxshi oʻnta loyiha muallifiga 200 million soʻmdan grant beriladi.