Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida birinçi öqişda körib çiqildi.

Qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yangi 188⁵-moddani kiritiş nazarda tutilmoqda.

Unga köra, huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş majburiyati yuklatilgan davlat organlari va boşqa taşkilotlarning mansabdor şaxslari hamda xodimlari tomonidan içki işlar organlari va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga belgilangan tartibda xabar bermaslik uçun jarima qöllaş taklif etilmoqda.

Qonun loyihasini işlab çiqişga amaliyotda ayrim huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarga öz vaqtida xabar berilmasligi sabab bölgan.

Xususan, 2025-yilda 536 ta erta tuğruq holati tegişli organlar tomonidan «Ye-material» axborot tizimida röyxatga olinmagan va ular yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmagan.

Qonun loyihasi huquqbuzarliklarni yaşirişning oldini oliş, ularga öz vaqtida huquqiy baho beriş, şuningdek, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarni tazyiq hamda zöravonlikdan himoya qiliş mexanizmlarini kuçaytirişga qaratilgan.

Muhokamalarda asosiy eʼtibor huquqbuzarlik haqida xabar beriş majburiyatini bajarmagan masʼul şaxslarning javobgarligini belgilaşga qaratildi.