Imkon esa qodirlik, qudrat, yaʼni biror iş, maqsad, talab kabilarni amalga oşiriş, yuzaga çiqariş uçun qulay şart-şaroit maʼnolarini anglatadi. U nafaqat şaroit, balki kimdir unga işonganida, qöllab-quvvatlaganida, özini kaşf etişi uçun yöl oçganida paydo böladigan kuç. Şuningdek, u insonning hali röyobga çiqmagan salohiyatiga berilgan işonç hamdir.

Bir qaraşda bu sözlarning mazmun-mohiyatini oddiy tuşunamiz. Biroq yillar davomida öşa oddiy mazmun ham hayotimizda aks etmadi. Azizu mukarramlikni-ku qöyavering, inson qadri ne ekanini qalban sezmadik, tanamizda his qilmadik. Qadrimiz bir parça qoğozça bölmagan paytlarda, qurbimizdan ortiq yumuşlarga majburlanganimizda iç-içimizdan ezildik, ruhan sindik.

Bugun esa “Inson qadri uçun” degan ğoya davlatimiz siyosatining boş maqsadiga aylandi. Insonga imkon beriş, yaʼni öşa tafakkuri, orzulari, ruhiyatidagi yuksak çöqqilarga yetişi uçun yöl oçiş orqali boş maqsadga erişişga intilyap­miz. Ilgari boşqaça qaralgan, faqat boqimanda qatlam sifatida körilgan nogironligi borlar, imkoniyati çeklanganlar ham bugun insonlikning luğatda taʼriflangan asl maqomiga erişdi. Endi hatto iqtisodiy yuksalişni ham inklyuziv jamiyat bilan boğladik. Avvalgi “boqimanda qatlam” ham bugunga kelib iqtisodiyotning bir uçini torta boşladi. Kerak bölsa, nogironligi borlar soğlom odamlar bilan barobar mehnat qilyapti. Ularga iş bergan korxonalar, tadbirkorlar qator imtiyozga ega bölganini heç eşitganmidik? Aksinça, bunday odamlar iş sörab borganida, bandligiga kömaklaşiş u yoqda tursin, insondek muomala ham qilinmasdi.

Ayni paytda har bir hududda işlab turgan “Inson” markazlari esa hatto butun umr işlaşdan umidini uzgan odamlarni ham işli qila boşladi. Bir söz bilan aytganda, bugun inson qadri davlat siyosati darajasiga kötarilayotgan mamlakatimizda alohida eʼtiborga, mehrga muhtojlarning heç biri öz holiga taşlab qöyilmayapti. Agar ularning özi murojaat qilmasa, mahallalardagi ijtimoiy xodim orqali bu boradagi özgarişlar har bir xonadonga kirib boradi.

Davlatimiz katta işonç bildirayotgan ijtimoiy xodimlar mahalladagi har bir oilani yaqindan taniydi. Ular vositaçiligida Ijtimoiy himoya milliy agentligining eng ezgu işlari samarasi ölaroq, hududlarda oçilayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Imkon” markazlari nogironlikdan aziyat çekayotgan oilalarga beminnat yordam beradi. Zero, birgina şunday farzandi bor ona ham uyga boğlanib qolişi, heç joyda işlay olmasligiga izoh kerakmas. Toki bunday onalarning ham köksiga şamol tegsin. Ular ham özini öylaşga vaqt topsin. Işlaşni istasa, işlasin. Oğiri yengil bölişini tasavvur ham qilmagan onalar ruhan tetiklaşib, jamiyatning faol ­aʼzosiga aylansin. Ularning nogironligi bölgan dilbandlari esa professional reabilitatsiya xizmatlari orqali soğlomlaşsin va ijtimoiy hayot­ga moslaşsin. Aslida, haqiqiy taraq­qiyot jamiyatning eng ilğor qatlami qayerga yetib borgani bilan emas, balki eng köp kömakka muhtoj insonni qay darajada yuksaltira olgani bilan belgilanadi.

Katta islohotlar baʼzan bitta bolaning ilk mustaqil qadamida, ilk sözida, öz tengdoşlari qatorida taʼlim oliş imkoniyatiga ega bölişida körinadi. Davlat siyosati inson hayotiga mana şunday kirib boradi. Xususan, “Imkon” markazlarida tarbiyalanayotgan, parvarişlayotgan bolalardan 350 nafari dastlabki mustaqil qadamini taşladi. Töğri, bu körsatkiç kiçik raqamdek. Biroq har bir inson jamiyat uçun bir investitsiya, 38 million nufusdan ziyod xalqning bir zarrasi ekanidan kelib çiqsak, aytarli natija. Tasavvur qiling: bu 350 xonadonda yangi hayot boşlandi degani. Taşlangan har bir mustaqil qadam butun oilaning ruhini kötaradi, maqsadini özgartiradi.

1300 dan ortiq bola köriş va gapiriş baxtiga erişdi. Bu ham mana şunça xonadondan zulmat arib, yoruğlik ingani ifodasidir. Yoruğ olamni körmayotgan farzandi bor ota-onalar buni çuqur his qiladi. Zero, ular közi oçiq esa-da, dunyoning rangini körmaydi. Erkalab suyganini eşita olmaydigan dilbandi qarşisida baxtning jarangi quloğiga kirmaydi. Qalblariga bolaning kelajagidan doimiy xavotir örnaşgan, közi kulmaydi, doim mungli. Şuning uçun ham jigargöşasidagi har bir ijobiy özgariş — ular uçun bir möʼjiza.

Şunday oilalarga quvonç bağişlaşga xizmat qilayotgan “Imkon” markazlaridagi maktabgaça taʼlim bosqiçini tamomlagan 200 ga yaqin öğil-qiz oddiy maktabga qabul qilinib, hamma qatori tahsil olmoqda. Bu esa, avvalo, 200 ga yaqin taqdir misolida jamiyatda, taʼlimda tenglik muhiti qaror topganini namoyon etadi. Qolaversa, bolaning imkoniyati jismoniy holati bilan emas, atrofidagi muhit, oila, jamiyat va davlat yaratayotgan şaroit bilan ham belgilanişini amalda körsat­yapti. Aks holda, alohida taʼlimga ehtiyojmand bolalarning ham qalbiga ilmu maʼrifat nuri inmasdi. Ular uçun taʼlimni uyga olib kirişga erişildi. Bunday bolalar ham ustozning nurli çehrasi, mehr taftidan kuç olib, qöliga qalam, ­kitob uşlayapti. Har bir şaxs jamiyatning faol aʼzosiga aylanişi mumkinligini körsatiş yölidagi ezgu harakatlar alohida markazlar faoliyatida ham natija bera boşladi.

Nogironlik çetda qolişga sabab bölmasligi kerak

Samarqandda iş boşlagan “Imkon” markazi Nukus, Qarşi, Qibray va Navoiydagi markazlardan keyin beşinçisi böldi. Uning oçiliş marosimida mamlakatimizning birinçi xonimi hamda yana bir qança davlat rahbarlarining rafiqalari iştirok etdi. Jahon sammiti doirasida iş boşlagan markaz köplab xorijiy ommaviy axborot vositalari eʼtiborini tortdi. Xususan, Buyuk Britaniyaning “London Post” axborot portalida bolalar farovonligiga investitsiyalar böyiça xalqaro sammit haqida maqola çop etildi. Unda “Imkon” markazi faoliyati haqida ham söz boradi. Şuningdek, dunyoga maşhur “The Associated Press”, “Euronews” ham Özbekis­tonning bolalarni qöllab-quvvatlaşga doir taşabbuslarini alohida eʼtirof etib, köp tarmoqli yangi reabilitatsiya markazi haqida maʼlumot berdi.

YUNISEF maʼlumotlariga köra, bugun dunyoda qariyb 240 million öğil-qiz —har 10 boladan bir nafari nogironlikning turli şakllari bilan yaşar ekan. Ularga munosabat faqat parvarişlaş yoki davolaş bilan çeklanmaydi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tortib, ilğor davlatlarda ham asosiy eʼtibor bolaning jamiyatda teng huquqli yaşaşi, taʼlim olişi, mustaqil yaşaş könikmalarini egallaşi va öz qobiliyatini namoyon etişiga qaratiladi. Bu borada, ayniqsa, Skandinaviya davlatlari, Italiya, Kanada va Avstraliya tajribasi eʼtiborga lo­yiq. Rivojlangan mamlakatlarda şaroit ­bolaning imkoniyatiga qarab özgaradi. Maktab, jamiyat, oila, hatto şahar muhiti ham uning ehtiyojlariga moslaşadi.

Bugun mamlakatimizda nogironligi bölgan bolalarga munosabatni özgartiriş, ularni faqat ijtimoiy himoya obyekti emas, balki öz orzu-istaklari, qobiliyati, salohiyati va kelajagiga ega bölgan tölaqonli şaxs sifatida eʼtirof etişga qaratilgan yondaşuv qaror topmoqda. Bu esa şunçaki ijtimoiy xizmatlar kölamini kengaytiriş emas, balki insonga, uning qadriga va jamiyatdagi örniga bölgan qaraşlarning özgarişidir. Zero, insonga imkoniyat beriş uning taqdiriga befarq bölmaslikdir. Bolaning bugungi qiyinçiligi ortida ertangi kunini köra biliş, uning hali namoyon bölmagan qobiliyatiga işoniş, ota-onasiga yolğiz emasligini his ettiriş — davlat va jamiyat zimmasidagi ulkan masʼuliyat. Aslida, insonparvar davlatning mohiyati ham şunda: u faqat kuçlilarning imkoniyatlarini yanada kengaytirmaydi, balki imkoniyati çeklanganlarning ham hayotda öz örnini topişi uçun zarur şaroitlarni yaratadi. Çunki heç bir bolaning kelajagi uning bugungi imkoniyatlari bilan çegaralanib qolmasligi, nogironlik hayotdan çetda qolişi uçun sabab bölmasligi kerak.

Bolajonlar yuragini kimlar yoki nimalar zabt etyapti?

“Imkon” markazlarida alohida parvarişga muhtoj bölgan 2 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalarga reabilitatsiya xizmati körsatiladi, taʼlim beriladi va ijtimoiy moslaştiriladi. Samarqanddagi markazda ham ikkita — 10,5 va 24 soatli guruhlar mavjud. 10,5 soatli guruhlardagi bolalar ertalab kelib, keçqurun uyiga ketadi. Uzoqdan qatnaydigan bolalar esa duşanba kuni kelib, juma kuni uyiga qaytadi. Defektolog, psixolog, fizioterapevt, oftalmolog kabi 130 mutaxassis bolalarni soğlomlaştiriş bilan band.

Markaz rahbari Nigina Murodovadan bizni ota-onalar bilan gaplaştirişini söradik. Ismini sir tutişimizni sörab, “Bolamning ovozini eşitişni orzu qilardim”, deya gap boşlagan onaning farzandida markazdagi maşğulotlardan ke­yin ilk sözlar, ilk muloqot, ilk mustaqil harakatlar boşlangan. Onaizor şu paytgaça umuman gapirmagan, atrofdagilar bilan muloqotga kirişmagan farzandining loaqal bitta söz aytişini, “ona” deyişini orzu qilib yaşagan. Ilk bor şu sözni aytgan kuni ayol özini dunyodagi eng baxtli ona deb bildi.

— Men ham endi ona sifatida qayğurişnigina emas, yaşaşni boşladim, — deydi suhbatdoşimiz. U şu kunga qadar öz hayotini, orzularini, hatto oddiy ehtiyojlarini ham unutib qöygandi. Markazda bola bilan tizimli işlaş boşlangaç, onada öz kelajagiga işonç uyğondi. U endi farzandidagi özgarişlardan quvonadi, öz hayotini ham davom ettiradi.

Serebral falajlik (DSP) taşxisi qöyilgan 6 yoşli Ismoiljon Xoliqulovning otasi Jamşid Qiliçev farzandi avvaliga markazga joylaşguniça ötgan kunlarini eslaşni ham istamadi.

— Çunki na menda, na onasida halovat bor edi. Men-ku keçga qadar bolaning yonida bölmayman, biroq qölim işda, xayolim uyda, öz taqdiri bilan olişayotgan bolamda edi, — deydi u. — Har kuni işdan çarçab kelib uni köraman-u, çarçoğim, xavotirim ming çandon ortardi. Özi istagan, köngli tusagan narsani atrofga tuşuntira olmaydigan, buning uçun butun tanasini işga solib qiynaladigan farzandim uçun yuragim ezilib, bir nuqtaga tikilgança ötirib qolardim. Öşa nuqtadan narigi yoği körinmas, farzandimning kelajagi qanday bölişini tasavvur ham qilgim kelmasdi. Işdan kelsa, bolalari yugurib kutib oladigan, soğlom xarxaşasi bilan çarçatadigan otalar qançalar baxtli ekanini his qilaman. Töğri, mening ham qolgan farzandlarim soğlom. Biroq uçovining kulgisi şu bir bolaning qayğusini bosa olmasdi. Markaz oçilganini eşitib, öğlimni olib keldim. Tarbiyaçilariga qattiq boğlanib qoldi. Hatto şanba kunlari akasini xususiy boğçaga olib ketsam, onasiga “Meni ham boğçamga olib boring”, deb xarxaşa qilar ekan. Bola haqiqiy mehrni biladi. Kimdir dilini oğritsa, undan bezadi, qoçadi. Ayniqsa, mening farzandim şunday — özini xafa qilgan odam bilan qaytib gaplaşmaydi. Bu yerdagi xodimlarning hammasi mehribon, farzandlarimizni öz bolasidek köradi. Şuning uçun bölsa kerak, Ismoiljon har kuni bu yerga şoşadi. Farzandimiz bu qadar işonçli qöllarda, şunday ajoyib maskanda ulğayişi, soğlomlaşişi heç ham xayolimizga kelmagan. Bunaqangi şaroitni uyda yaratib böladimi? Heç qaçon. Yana hammasi bepul, aslida, pulga ham bunday muhitni topa olmaysiz. Şuning uçun ham egizaklar parvarişi bilan çarçayotgan ayolim, özim, qolaversa butun oilamiz nomidan “Imkon” markazi taşabbuskorlariga minnatdorlik bildiraman.

Bu samimiy fikrlardan biri. Hamsuhbat bölgan ota-onalarning barçasi qayğuli hikoyadan söng şu yösinda minnatdorligini bildirdi. Zero, çindan ham “Imkon” markazi ularga kutilmagan imkoniyatlarni röbarö qildi. Zaif köruvçilar uçun keltirilgan apparat yordamida bolaning xohişiga qarab, dastur orqali öziga yoqadigan film, multfilm, musiqa qöyiladi. Yaşil yozuvlar bola körayotgan holatda yonadi, qizil yozuvlar esa köra olmayotgan holatida öçadi. Tibbiy jismoniy tarbiya zalidagi barça uskunalar aynan harakat-tayanç böyiça, masalan, rivojlanişida nuqsoni bor bolalarga qaratilgan. Umuman olganda, markazni bolalarning çinakam sihatgohi, soğlom hayot maskani deyiş mumkin.

“Imkon”ga qabulning tartib-qoidalari

Nigina Murodovaning aytişiça, nogironligi bölgan bolasini “Imkon” markaziga joylaştiriş uçun ota-onalar “Inson” markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilişi kerak. Tibbiy komissiya kuni belgilangani haqida ota-onaga xabar yuboriladi. Yöllanma tibbiy körik xulosasiga asosan beriladi. U “Imkon” markazigagina emas, boşqa maktabgaça taʼlim taşkilotiga bölişi ham mumkin. “Imkon” markaziga yöllanma olgan onalar markazga murojaat qiladi. Markazning maktabgaça taʼlim taşkilotiga 2 yoşdan 7 yoşgaça bölgan öğil-qizlar, reabilitatsiya markaziga esa maxsus taʼlim ehtiyojlari mavjud 2 yoşdan 18 yoşgaça bölganlar qabul qilinadi.

Markazlar hali barça hududda yöqligi bois, ularga yaqin qöşni viloyatlardan keladigan bolalar ham talaygina. Ayni paytda Samarqanddagi “Imkon” markaziga Navoiy, Jizzax viloyatlaridan bolalar qabul qilinyapti. 150 örinli MTTga qariyb 80 öğil-qiz qatnayapti. Demak, böş örinlar bor, imkon bor.

Butun jamiyat soğlomlaşadi

Aslida, davlatning buyukligi uning faqat iqtisodiy qudrati, harbiy salohiyati yoki bunyodkorlik kölami bilan belgilanmaydi. Uning haqiqiy qiyofasi jamiyatdagi eng zaif, eng köp kömakka muhtoj insonga munosabatida aks etadi. Çunki taraqqiyotning eng yuksak mezoni heç kimni eʼtibordan çetda qoldirmaslik, heç bir insonni öz taqdiri bilan yolğiz taşlab qöymaslikdir. Bugun köplab mamlakatlarda insonning insonligini röyobga çiqarişga imkon beradigan tinç­lik degan neʼmat yöq. Ular heç qanday markazlar, taʼlim haqida ham öylamaydi. Ular xarobalar ostida tong ottirişu bolasini öz quçoğida omon saqlab qoliş bilan ovora. Bir burda non, bir qultum suvga zor, ust-boşi kir, oyoq yalang yurgan bolalar rea­bilitatsiya xizmatiyu inklyuziv taʼlimni xayoliga ham keltirayotgani yöq. Bunday bolalar uçun qornini bir mahal töydirib oliş ham orzu-baxt bölib turibdi.

Dunyodagi bu manzaralar bizga yana bir haqiqatni eslatadi: inson qadri şunçaki balandparvoz şior emas, u tinçlikda, xotirjamlikda, ertangi kunga işonçda, eng muhimi, har bir insonning hayotda öz örnini topişi uçun yaratilgan imkoniyatlarda namoyon böladi.

Ming şukrki, yurtimizda tinçlik, xotirjamlik hukmron, davlat fuqarolar bilan birga. Ayrim mamlakatlar yuqoridagidek ayançli manzaralar iştirokçisi bölib turgan bir paytda “Imkon” va “Umid” kabi ixtisoslaştirilgan taşkilotlarning oçilişi mamlakatimiz ijtimoiy tizimida yangi davrni boşlab berdi desak, xato bölmaydi. Çunonçi, şu paytga qadar maktabgaça korreksion taʼlim, tibbiy, psixologik va ijtimoiy-pedagogik qöllab-quvvatlovni bir joyda jamlagan yagona tizim mavjud emas edi. Şu bois, “Imkon” markazi bolani ilk rivojlaniş davridan voyaga yetguniga qadar uzluksiz kuzatib boriş va qöllab-quvvatlaşga xizmat qilayotgani bilan ota-onalarga qulaylik keltiryapti. Yuqorida raqamlar misolida tahlil qilganimizdek, ular taşkil etilişi bilan xonadonlarga yangi hayot, baxt va quvonç kir­yapti. Bugun qarşilik, nukuslik, qibraylik, navoiylik va samarqandlik ota-­onalar tuyib turgan çinakam minnatdorlik hissi yaqin kelajakda Farğona, Namangan va Toşkent viloyatiga ham köçadi. Endigi navbatda uşbu hududlarda ham “Imkon” rea­bilitatsiya markazlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu eng ezgu harakat, xayrli amaldir. Binobarin, guvohi bölganimizdek, “Imkon” markazlari şunçaki reabilitatsiya muassasalari bölib qolmay, yuzlab oilalar uçun umid, işonç va yangi imkoniyatlar mas­kaniga aylanayotir.

Har bir yangi markazning oçilişi alohida ehtiyojli 150 nafargaça bolani maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş imkonini beradi. Taşkilotçilar hisob-kitoblariga köra, har yili taxminan 1000-1200 bola reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanişi mumkin. Bu esa minglab taqdirlarga yangilik, oilalarga farovonlik kirişi bilan ahamiyat kasb etadi.

Munojat MÖMINOVA,

“Yangi Özbekiston” muxbiri