Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga oʻtkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard soʻm, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard soʻm resurs mavjud.
Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million soʻmgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻysa, 5 milliard soʻmgacha garovsiz kredit olishi mumkin boʻladi.