Cheklovlar 2026-yil 19-iyun soat 23:00 dan 22-iyun soat 06:00 gacha Kichik halqa avtomobil yoʻlining Toshkent davlat pedagogika universiteti roʻparasidan Dilxush 2-tor koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismida amal qiladi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur davrda ushbu yoʻnalish boʻylab harakatlanuvchi avtobuslar va boshqa transport vositalari oldindan belgilangan aylanma yoʻnalishlar orqali harakatlanadi.

Masʼullar haydovchilardan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni inobatga olgan holda, harakat yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirishlarini soʻramoqda.