Aniqlanishicha, u pulning 4 200 dollarini oʻzida qoldirib, qolgan 27 ming dollarini boshqa bir shaxsga berishi kerak boʻlgan.

Davom ettirilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro ham 27 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.