Körib çiqilgan masalalarning 23 tasi röyxatga oliş va ruxsat beriş, 20 tasi esa kredit va tölov taşkilotlarining moliyaviy holati bilan boğliq böldi.

Xususan, prudensial normativlar va qonunçilik talablariga rioya etilmagani, şuningdek, inspeksiya tekşiruvlarida aniqlangan qoidabuzarliklar uçun 6 ta bank va 2 ta mikromoliya taşkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qöllanildi.

Bundan taşqari, yana 1 ta bank va 1 ta mikromoliya taşkiloti çora va sanksiyalar qöllanilişi töğrisida ogohlantirildi.

Röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş, banklarda audit ötkaziş huquqini beruvçi auditorlik malaka sertifikatlarini taqdim etiş, mikromoliya taşkilotlarini hisobga oliş, akkreditatsiya va tölov taşkilotiga litsenziya beriş kabi masalalar muhokama qilindi.

Şuningdek, kredit taşkilotlarining ustav fondidagi uluşiga egalik qilişga ruxsat beriş, tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini körib çiqiş masalalari ham kun tartibidan örin oldi.

Moliyaviy holatga oid masalalar doirasida Markaziy bank körsatmalari va prudensial meʼyorlar talablariga rioya etilişi, bank va nobank kredit taşkilotlaridagi inspeksiya tekşiruvlari natijalari, şuningdek, moliyaviy xizmatlarni «tartibga soliş qumdoni» doirasida sinovdan ötkaziş masalalari körib çiqildi.