Markaziy bank maʼlumotlariga köra, sentyabr oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni taşkil etdi. Inflyatsion kutilmalar pasayişda davom etmoqda.

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida iqtisodiy ösiş 8,3 foizga yetgan. Şu bilan birga, içki talabning yuqoriligi inflyatsion bosimni saqlab qolmoqda.

Jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslari narxlarining özgaruvçanligi ham inflyatsiya bilan boğliq xatarlarni kuçaytirmoqda.

Qayd etilişiça, ijobiy real foiz stavkalari va sömdagi jamğarmalarning jozibadorligi qatʼiy pul-kredit şaroitlarini taʼminlamoqda.

Markaziy bank prognozlariga köra, inflyatsiya 2026-yil yakunida 7 foiz atrofida, 2027-yil yakunida esa 5 foizlik maqsadli körsatkiç darajasida bölişi kutilmoqda.