Marketpleysni oddiy internet-dökondan farqlaydigan jihat şundaki, u mahsulotni namoyiş etişdan tortib buyurtma qabul qiliş, tölov, reklama, logistika va mijozlar bilan işlaşgaça bölgan jarayonlarni yagona raqamli muhitda birlaştiradi.
Mamlakatimizda ham tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş siyosati yangi bosqiçga kötarilib, biznesni taşkil etiş bilan birga uni rivojlantiriş, kapitalini köpaytiriş, milliy brendlarni şakllantiriş va taşqi bozorlarga olib çiqişga alohida eʼtibor berilmoqda. Bugun yetakçi xalqaro marketpleyslar bilan işlayotgan korxonalar soni 3,5 mingtaga yetgani, 300 dan ortiq milliy brend şakllangani raqamli savdoning iqtisodiyotimizdagi ahamiyati ortib borayotganidan dalolatdir.
Yangi bozor - yangi imkoniyat
Anʼanaviy savdoda tadbirkorning asosiy xaridorlari köpinça mahalliy bozor bilan çeklanadi. Raqamli savdo esa bu çegaralarni kengaytirib, mahsulotni boşqa hududlar va xorijiy bozorlarga olib çiqiş imkonini beradi.
Şuning uçun zamonaviy tadbirkor uçun “nima işlab çiqaraman?” degan savol bilan birga “kim uçun işlab çiqaraman?”, “qaysi bozorda sotaman?” va “xaridor nimani qadrlaydi?” degan savollar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Biroq jahon bozoriga çiqiş faqat mahsulotni internetga joylaştiriş bilan hal bölmaydi. Sifat, standart va sertifikat, zamonaviy qadoqlaş, brend, raqamli marketing, logistika va servis bir butun tizim sifatida işlaşi kerak.
Şu maʼnoda eksportning zamonaviy zanjirini sifatli mahsulot – standart - brend - raqamli savdo - marketpleys - logistika - tölov - servis - takroriy xarid körinişida tasavvur qiliş mumkin.
Prezidentimizning joriy yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan uçraşuvida eksport qiluvçi korxonalarning bir qismi xorijiy xaridor topiş, xalqaro standart va sertifikatlarga moslaşiş, moliyaviy instrumentlardan foydalaniş, bozor axboroti, marketing va brendlaş masalalarida qiyinçiliklarga duç kelayotganini taʼkidlagan. Şu bois «Eksport navigatori» tizimi, taşqi bozorlarga moslaştiriş, standartlaştiriş va milliy brendlarni ilgari suriş böyiça yangi mexanizmlar belgilanmoqda.
Sirdaryoda katta salohiyat bor
Bu jarayon Sirdaryo viloyati tadbirkorlari uçun ham muhim ahamiyatga ega. Viloyatda 10,6 mingdan ziyod faol tadbirkorlik subyekti iş yuritib keladi. Şundan 2,7 mingga yaqini sanoat sohasidagi kiçik biznes subyektlari, 220 dan ziyodi axborot va kommunikatsiya, 600 dan ziyodi transport va omborlaş sohalariga töğri keladi. Hududda qariyb 500 nafar hunarmand ham faoliyat körsatadi.
Bu körsatkiçlar ortida katta eksport salohiyati mujassam. Sanoat, oziq-ovqat, töqimaçilik, çarm-poyabzal, hunarmandçilik va boşqa mahsulotlarni raqamli savdo maydonlariga olib çiqiş mahalliy tadbirkorlar uçun yangi bozorlarni oçişi mumkin.
Ayni paytda tadbirkorlarni elektron savdo platformalarida onlayn dökon oçiş, mahsulot kartoçkalarini tayyorlaş, xaridor bilan muloqot qiliş, buyurtma va tölovlarni qabul qiliş, yetkazib berişni taşkil etiş böyiça öqitiş işlari ham bu yönalişdagi muhim qadamdir.
Mahsulotdan brendga
Jahon bozorida raqobatlaşiş uçun mahsulot işlab çiqarişning özi kifoya emas. Xaridor işonçini qozoniş, mahsulotni brend sifatida şakllantiriş va uning qiymatini oşiriş zarur.
Masalan, xom aşyoni sotiş bilan tayyor, qadoqlangan, sertifikatlangan va brendlangan mahsulotni eksport qiliş örtasida katta farq bor. Ikkinçi holatda mahsulotga dizayn, marketing, brend va servis qiymati qöşiladi. Bu esa tadbirkor daromadining va mamlakatda yaratiladigan qöşilgan qiymatning ortişiga xizmat qiladi.
Şu nuqtai nazardan, «Made in Uzbekistan» belgisi ostidagi mahsulotlarning sifatini oşiriş, milliy brendlarni xalqaro bozorlarda tanitiş va raqamli savdo kanallaridan samarali foydalaniş strategik ahamiyat kasb etadi.
Raqamli savdo - yangi iqtisodiy madaniyat
Marketpleyslar tadbirkordan yangi bilim va könikmalarni talab qiladi. Mahsulotning fotosurati, tavsifi, narxi, qadoqlanişi, xaridor bilan muloqot madaniyati va yetkazib beriş tezligi endi savdoning muhim tarkibiy qismiga aylangan.
Kelgusida bu jarayonda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş ham kengayadi. Talabni tahlil qiliş, mahsulotni tarğib etiş, mijozlar ehtiyojini örganiş, zaxira va logistikani boşqarişda raqamli texnologiyalar tadbirkorning muhim yordamçisiga aylanişi mumkin. Mamlakatimizda sunʼiy intellektni biznes jarayonlariga joriy etişni rağbatlantiriş böyiça ham çoralar belgilangan.
Şuning uçun raqamli savdoni rivojlantirişni faqat texnologik yangilaniş emas, balki tadbirkorlik madaniyatining yangi bosqiçi sifatida baholaş lozim.
Yangi bosqiç - yangi qiymat
Bugun tadbirkorlikni rivojlantirişda asosiy vazifa faqat köproq mahsulot işlab çiqariş emas, balki har bir mahsulotda köproq qöşilgan qiymat yaratişdir.
Mahalliy mahsulotni sifatli işlab çiqariş, uni brendlaş, raqamli maydonlarda tarğib etiş, marketpleyslar orqali sotiş va xalqaro bozorlarga yetkaziş - ana şu maqsadga xizmat qiladi.
Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantiriş, eksportni kengaytiriş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça belgilanayotgan vazifalar ham ana şu yangi iqtisodiy yondaşuv bilan uyğun.
Demak, marketpleyslar - şunçaki onlayn savdo maydoni emas. Ular mahalliy tadbirkorni yangi xaridor bilan boğlaydigan, milliy mahsulotni jahon bozoriga olib çiqadigan zamonaviy raqamli köprikdir.
Eng muhimi, bu imkoniyatdan samarali foydalaniş orqali tadbirkorlikni oddiy savdodan raqamli eksportga, mahsulotni milliy brendga, mahalliy işlab çiqaruvçini esa jahon bozorining faol iştirokçisiga aylantiriş mumkin.
Alişer Xajimuratov,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Sirdaryo viloyati hududiy filiali rahbari.