Bugun bunday misollarni mamlakatimizning har bir hududi, taʼbir joiz bölsa, mahallasi misolida keltiriş mumkin. Ularni hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, investitsiyalarni jalb etiş, yangi iş örinlari oçiş va aholi daromadini oşirişga qaratilgan umumiy maqsad birlaştiradi.

Tabiiyki, zamonaviy korxona öz-özidan taraqqiyot kafolati böla olmaydi. Uning samarasi, avvalo, yangi texnologiyalarni özlaştiradigan muhandis, texnolog, iqtisodçi va malakali mutaxassislar salohiyatiga boğliq.

Yana bir gap. Qişloq yoşlari öz-özidan zamonaviy mutaxassislarga aylanib qolayotgani yöq. Buning uçun sifatli taʼlim, kasb-hunar örganiş, oliy maʼlumot oliş va işlab çiqarişda tajriba orttiriş imkoniyatlari institutsional taʼminlanmoqda. Davlat yaratayotgan şart-şaroitlar yoşlarning şaxsiy intilişi va mehnati bilan uyğunlaşgandagina kutilgan natijani bermoqda.

Ana şu örinda Konstitutsiyamizning huquqiy mazmuni iqtisodiy islohotlar bilan bevosita tutaşadi. Asosiy qonunimizning 50-moddasida har kimning taʼlim oliş huquqi, 42-moddasida esa munosib mehnat qiliş, kasb va faoliyat turini erkin tanlaş huquqi mustahkamlangan. Mazkur kafolatlarni hayotga tatbiq etiş yoşlarning yaşaş joyi va ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼi nazar, öz qobiliyatini röyobga çiqarişi uçun zarur şart-şaroitlarni kengaytiriş davlat zimmasida ekanini islohotlar körsatmoqda.

Mamlakat taraqqiyoti, ilm-fan nuqtai nazaridan qaraganda, inson kapitaliga ­investitsiya kiritiş sifatida baholanadi. Şu bilan birga, malakali kadrlar tayyorlaşning maʼnaviy jihati ham muhim. Konstitutsiyada mustahkamlangan inson qadri, erkinlik, adolat va Vatan kelajagi oldidagi masʼuliyat ğoyalari yoşlarning huquqiy ongini şakllantiriş bilan birga milliy özligini anglaşiga ham xizmat qiladi. Öz yurtida bilim olib, kasb egallab, mehnati bilan jamiyatga foyda keltirayotgan yigit-qizlar uçun Vatanga muhabbat faqat tuyğu emas, balki aniq fuqarolik masʼuliyatiga aylanadi. Ana şu uyğunlik milliy ğurur va faxr-iftixorning hayotiy asosini mustahkamlaydi.

Mamlakatimizdagi hududiy rivojlaniş va investitsiya siyosatiga şu nuqtai nazardan qaralsa, uning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri taraqqiyot imkoniyatlarini yirik şaharlar bilan çeklamay, çekka tuman va qişloqlarga ham yetkaziş ekani anglaşiladi. Binobarin, mamlakat iqtisodiy qudrati işlab çiqariş hajmi barobarida aholining taʼlim, mehnat, tadbirkorlik va munosib turmuş imkoniyatlaridan qay darajada foydalana olişi bilan ham baholanadi.

Zero, ijtimoiy rivojlanişga oid islohotlar Konstitutsiyamizning 13- va 14-moddalarida mustahkamlangan tamoyillar bilan uyğun. Xususan, 13-moddada inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida ­eʼtirof etilgan bölsa, 14-moddada davlat öz faoliyatini inson farovonligi va jamiyatning barqaror rivojlanişini taʼminlaş maqsadida amalga oşirişi belgilangan. Demak, mamlakatda iqtisodiyot ösişining konstitutsiyaviy mazmuni uning inson hayotiga qanday taʼsir körsatişi bilan ham belgilanadi.

Prezidentimiz ilgari surgan “Inson qadri uçun” ğoyasi va “Inson — jamiyat — davlat” tamoyilini ana şu huquqiy asoslar bilan boğliq holda anglaş qiyin emas. Sanoat korxonasida oçilgan iş örni, qişloqdagi yoşlarning kasb-hunar egallaşi, oliy maʼlumot olişi, oilaning barqaror daromad manbaiga ega bölişi, şuningdek, tadbirkorlik taşabbusining röyobga çiqişi — bularning har biri inson qadri va oilaning farovonligiga qaratilgan siyosatning amaliy natijasini baholaş uçun muhim mezondir.

Boş qonunimizning haqiqiy qudrati uning oliy yuridik kuçga egaligi bilan birga xalq irodasini qay darajada ifoda etişi, fuqarolar unda öz huquq va manfaatlarini köra olişi hamda belgilangan kafolatlarning hayotda taʼminlanişi bilan ham eʼtiborli. Şu bois, Asosiy qonunimizning xalqçilligi katta ahamiyatga ega.

2022-yil 20-iyun mamlakatimiz konstitutsiyaviy islohotlari tarixida muhim siyosiy-huquqiy bosqiç böldi. Şu kuni Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uçraşuvda Asosiy qonunimizni jamiyat ehtiyojlari, inson huquqlari va fuqarolar manfaatlaridan kelib çiqib takomillaştiriş masalalarini muhokama qildi. Uçraşuvda qayd etilganidek, 2022-yil 20-mayda tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiyaga dastlabki bir oyda fuqarolardan 48 ming 492 ta taklif kelib tuşgan. Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaga kiritiladigan özgartişlarni umumxalq muhokamasiga qöyiş va referendum orqali qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi. Bu, şubhasiz, konstitutsiyaviy yangilanişlarda fuqarolarning faol iştirokini taʼminlaşga qaratilgan muhim qadam böldi.

2023-yil 30-aprelda ötkazilgan umumxalq referendumida Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilindi. Prezidentimiz 2023-yil 8-may kuni şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda yurtdoşlarimiz referendumda “Bu — mening Konstitutsiyam” degan ğurur bilan ovoz berganini taʼkidladi.

Qonuniy manfaatlar ustuvor

Prezidentimiz ilgari surgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan ğoya davlat boşqaruvida yangiça yondaşuvni ifodalaydi. Unga muvofiq, davlat xizmatçisining lavozimi jamiyat oldidagi masʼuliyatni, vakolati esa fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş majburiyatini anglatadi.

Uşbu yondaşuv Konstitutsiyamizning 2-moddasida huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Yaʼni davlat xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼuldir. Uşbu konstitutsiyaviy norma davlat hokimiyati faoliyatini xalq manfaatlari va jamoatçilik oldidagi hisobdorlik bilan bevosita boğlaydi.

Davlat boşqaruvining samaradorligini baholaşda ham mazkur talab ustuvor ahamiyat kasb etadi. Idoralar faoliyatini qabul qilingan qarorlar, bajarilgan topşiriqlar yoki körsatilgan xizmatlar soni asosida baholaş yetarli emas. Fuqarolarning vaqti va mablaği qançalik tejalgani, maʼmuriy tösiqlar kamaygani, murojaatlar qonuniy hal etilgani va xizmatlardan foydalaniş imkoniyati yaxşilangani boşqaruv natijadorligining muhim körsatkiçlaridir.

Mamlakatimiz yetakçisi taşabbusi bilan taşkil etilgan Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatlari markazlari va elektron davlat xizmatlari tizimi fuqaro bilan davlat örtasidagi munosabatlarni takomillaştirişga qaratilgan muhim institutsional özgarişlar böldi. Uşbu mexanizmlar davlat xizmatlaridan foydalaniş tartibini soddalaştiriş, ortiqça byurokratik jarayonlarni qisqartiriş va murojaatlarni körib çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda.

Davlat idoralari masʼuliyati fuqarolar murojaatini körib çiqişda ham yaqqol namoyon böladi. Murojaatga belgilangan muddatda javob beriş qonun talabidir. Boşqaruv sifati esa muammo sabablari aniqlangani, vakolat doirasida asosli qaror qabul qilingani va uning ijrosi taʼminlangani bilan belgilanadi. Qarorlarning qonuniyligi, oçiqligi va tuşunarli asoslantirilişi fuqarolarning davlat institutlariga işonçini mustahkamlaydi.

Fuqaro ovozi — taraqqiyot omili

Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan davlat boşqaruvining huquqiy asosi fuqarolarning hokimiyatni şakllantiriş va davlat qarorlariga taʼsir körsatiş imkoniyatlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyamizning 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani mustahkamlangan. Uşbu qoida davlat hokimiyati xalq irodasiga tayanişi, Konstitutsiya hamda qonunlarda belgilangan vakolatlar doirasida amalga oşirilişini nazarda tutadi.

Xalq hokimiyatçiligi saylovlarda iştirok etiş bilan çeklanmaydi. Fuqarolarning qonun ijodkorligi, jamoatçilik muhokamalari, mahalliy ahamiyatga molik qarorlar va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratida qatnaşişi ham uning muhim tarkibiy qismidir. Bunday iştirok aholining haqiqiy ehtiyojlarini aniqlaş, qarorlar qabul qilişda turli manfaatlarni hisobga oliş va davlat siyosati natijadorligini oşirişga xizmat qiladi.

Prezidentimiz ilgari surgan oçiqlik va oşkoralik siyosati davlat bilan jamiyat örtasidagi munosabatlarni takomillaştirişga qaratilgan. Davlat organlari faoliyati haqida axborot oliş imkoniyatini kengaytiriş, qarorlar loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöyiş, fuqarolar murojaatini örganiş va aholi fikrini inobatga oliş uşbu siyosatning amaliy mexanizmlaridir.

Konstitutsiyaning 98-moddasi fuqarolarning qonun ijodkorligidagi iştirokini taʼminlovçi muhim huquqiy mexanizmni belgilaydi. Unga muvofiq, saylov huquqiga ega bölgan kamida 100 ming fuqaro qonunçilik takliflarini Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiş huquqiga ega. Bu imkoniyat jamiyatdagi dolzarb muammolarni qonunçilik darajasida körib çiqiş uçun huquqiy asos yaratadi.

Masalan, tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilayotgan ortiqça maʼmuriy talablar yoki fuqarolarning muayyan huquqlarini amalga oşirişdagi huquqiy böşliqlar yuzasidan qonunçilik takliflari şakllantirilişi mumkin. Bunday takliflar belgilangan tartibda körib çiqiladi.

Xalq hokimiyatçiligining muhim şarti — davlat vakolatlarining qonun bilan çegaralanişi. Konstitutsiyaning 11-moddasida davlat hokimiyati qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatiga böliniş prinsipiga asoslanişi belgilangan. Hokimiyatlar bölinişi davlat organlarining öz vakolati doirasida faoliyat yuritişi, özaro huquqiy muvozanat va masʼuliyatni taʼminlaşga qaratilgan.

Mustaqil sud hokimiyati uşbu tizimning ajralmas qismidir. Davlat organlari yoki mansabdor şaxslar qarorlari yuzasidan nizo kelib çiqqanda, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari xolis sud muhokamasi orqali himoya qilinişi huquqiy davlatçilikning asosiy mezonlaridan. Konstitutsiyaning 20-moddasida inson bilan davlat organlari örtasidagi munosabatlarda qonunçilikdagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilişi belgilangan.

Oçiqlik, qonun ustuvorligi va mustaqil sud tizimining iqtisodiy ahamiyati ham katta. Tadbirkor va investor uçun mulk huquqining himoya qilinişi, şartnomalarning bajarilişi, davlat qarorlarining huquqiy barqarorligi hamda nizolarning adolatli hal etilişi uzoq muddatli faoliyatni rejalaştirişda muhim örin tutadi. Davlat organlari qarorlarining oçiqligi va huquqiy jihatdan asoslangani iqtisodiy munosabatlarda noaniqlikni kamaytiradi, investitsiya muhitining işonçliligini oşiradi.

Ijtimoiy davlat

Yangi Özbekistonning öziga xos xalqçil siyosati davlatning ijtimoiylaşuvida, inson manfaatlari va aholi farovonligini davlat faoliyatining ustuvor yönalişi sifatida belgilaşida namoyon bölmoqda. Asosiy qonunimizning 1-moddasida Özbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani belgilangan. Ijtimoiy davlat maqomining konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangani aholi farovonligini taʼminlaşni davlatning doimiy huquqiy masʼuliyatiga aylantirdi.

Konstitutsiyamizning 46-moddasida yoşga doir, mehnat qobiliyatini yöqotganlik, işsizlik va qonunda nazarda tutilgan boşqa holatlarda ijtimoiy taʼminot oliş huquqi kafolatlangan. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boşqa ijtimoiy yordam turlarining miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatidan oz bölişi mumkin emasligi ham mustahkamlangan. Uşbu talab ijtimoiy himoyaning konstitutsiyaviy mezonini belgilab, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaşda davlat zimmasiga aniq majburiyat yuklaydi.

Davlatning ijtimoiylaşuvi aholini moddiy qöllab-quvvatlaş bilan çeklanmay, fuqarolarning mustaqil daromad topiş imkoniyatlarini kengaytirişni ham qamrab oladi. Konstitutsiyaning 43-moddasida davlatning bandlikni taʼminlaş, işsizlikdan himoya qiliş, kambağallikni qisqartiriş, fuqarolarni kasbga tayyorlaş va qayta tayyorlaşga oid vazifalari belgilangan.

Kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar uşbu konstitutsiyaviy vazifalarni amalga oşirişning muhim yönalişlaridan. Işsiz fuqaroni kasb-hunarga öqitiş, işga joylaşişiga kömaklaşiş, tadbirkorlik könikmalarini rivojlantiriş va daromad manbalarini şakllantiriş ijtimoiy yordamning uzoq muddatli samarasini oşirişga xizmat qiladi. Bunda asosiy natija yordam ajratilgani bilan emas, fuqaroning barqaror bandlikka erişgani va oilaning turmuş tarzi oşgani bilan belgilanmoqda.

Ijtimoiy davlatning xalqçil mohiyati taʼlim, tibbiyot va uy-joy sohalaridagi konstitutsiyaviy kafolatlarda ham öz ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 47-moddasida uy-joyli böliş, 48-moddasida soğliqni saqlaş va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş, 50-moddasida taʼlim oliş huquqlari mustahkamlangan. Uşbu normalar davlat ijtimoiy siyosatining huquqiy yönalişlarini belgilab, körsatiladigan xizmatlar sifati va ulardan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaşga doir masʼuliyatni kuçaytiradi.

Şerzod QURBONOV,

iqtisodiy tahlilçi