Tadbir doirasida ushbu fuqarolar muammolari o'rganildi. Jumladan, 1 guruh nogironligi bo'lgan Akbar Mengliev va Durdona Menglievaning tayanch harakat a'zolarida muammosi borligi sababli mustaqil harakatlana olmasligi hisobga olinib, ularning internet tarmog'idan foydalanishini yo'lga qo'yish maqsadida homiylar yordamida kompyuter jamlanmasi va tikuv mashinasi olib beriladigan bo'ldi. Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha tadbirkor Bahrom Safarov tomonidan 2 million so'mlik homiylik mablag'lari ajratildi, deya xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyat bo'limi Axborot xizmati.
“Mehr ulashish” loyihasi — amalda
Shu yilning 10 noyabr kuni “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyat bo'limi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Mehr ulashish” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Sherobod tumanida bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida tumanning Yoshlik, Buyuk ipak yo'li, Dehqonariq mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni böldi: ikki jahon rekordi yangilandi
- Özbekistonda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni taʼsis etiladi
- Ayrim OTM rahbarlarining lavozimiga loyiqligi örganiladi
- Toşkent viloyatida 1 ming dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Markaziy bank bankomatdan pul berilmagan holatlarda mijozlar huquqlarini himoya qilişni talab qildi