Ko'rgazmada 50 000 dan ortiq artefaktlar, jumladan, firavn Tutanxamon qabridagi afsonaviy xazinalarning to'liq to'plami namoyish etilmoqda. Ko'plab eksponatlar birinchi marta ommaga namoyish etilyapti. Ushbu ulkan, milliard dollarlik loyihaning qurilishi 2005-yilda boshlangan, ammo siyosiy kelishmovchiliklar, mintaqaviy mojarolar va koronavirus pandemiyasi uning yakunlanishini 20 yildan keyinga qoldirdi. Tantanali ochilish marosimi katta tadbirga aylandi. Prezident Abdul Fattoh as-Sisi ushbu tadbirni “Misr tarixidagi yangi bob” deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, muzey turizm sanoatini rivojlantirishni rag'batlantirishga qaratilgan. Unga har yili taxminan 5 million kishi tashrif buyurishi kutilmoqda, deb xabar berdi 24.kz.
Misrda dunyodagi eng katta muzey ochildi
Misrda qadimgi sivilizatsiyaga bag'ishlangan dunyodagi eng katta muzey ochildi. U Gizaning mashhur piramidalari yaqinida joylashgan.
Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni böldi: ikki jahon rekordi yangilandi
- Özbekistonda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni taʼsis etiladi
- Ayrim OTM rahbarlarining lavozimiga loyiqligi örganiladi
- Toşkent viloyatida 1 ming dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Markaziy bank bankomatdan pul berilmagan holatlarda mijozlar huquqlarini himoya qilişni talab qildi