Tizimning asosiy afzalliklari va qulayliklari: muddatlarning qisqarishi:

  • Xarid hujjatlarini tizimga kiritish, ularni komissiya aʼzolari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqish, eʼtiroz yoki takliflarni bildirish hamda yakuniy xulosalarni shakllantirish muddati sezilarli darajada qisqaradi.

Bosqichma-bosqich monitoring:

  • Hujjatlarning har bir bosqichini dastur orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Masofaviy tasdiqlash:

  • Loyiha boʻyicha ishlab chiqilgan xarid hujjatlari va Komissiya bayonnomalari qogʻozda emas, balki ERI (Elektron raqamli imzo) orqali masofaviy tarzda tasdiqlanadi va toʻliq yuridik kuchga ega boʻladi.

Eng asosiysi, yashil texnologiyalar: oʻnlab sahifalardan iborat qogʻoz hujjatlar aylanmasiga chek qoʻyilib, toʻliq ekologik xavfsiz raqamli tizimga oʻtildi.

“Mikrokreditbank” ATB zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali oʻz faoliyatining ochiqligi va tezkorligini taʼminlashda davom etadi.

Bank Axborot xizmati

Reklama