Kompaniyaning muhandis-ixtirochilaridan biri bo'lgan Chjixuey Szyun velosipedda avariyaga uchrab, jarohat olganidan so'ng unda ana shunday velosiped yaratish g'oyasi tug'ilgan. Haydovchisiz boshqariladigan velosipedni yasash uchun jamoaga uni butun boshli hisoblagichlar jamlanmasidan iborat avtomatik boshqaruv tizimi, kamera va samarali apparat platformasi bilan jihozlashga to'g'ri keldi. Bundan tashqari, muhandislar yo'ldagi vaziyatlarni aniqlaydigan va transport vositasini boshqaradigan algoritmlar jamlanmasidan foydalangan. Kamera va hisoblagichlar to'siqlarni aniqlaydi, sun'iy intellekt texnologiyasi esa inson aralashuvisiz vaziyatga baho berish imkonini beradi.
Velosipedga litiyli 6S batareya modeli o'rnatilgan bo'lib, taxminan 2-3 soatga yetadi, asosiy hisoblash blokida Huawei Ascend 310 protsessoridan foydalanilgan bo'lib, u o'rindiq ostida joylashgan. Velosiped muvozanatni ta'minlovchi tizim bilan ham jihozlangan bo'lib, u yo'llardagi kichik og'ishlarga oid ma'lumotlarni ham qayta ishlaydi, orqa g'ildirak esa to'g'ridan-to'g'ri motor orqali aylantiriladi.
Velosiped hozirda sinov jarayonlaridan o'tgan, deb yozadi ixbt.com.
Mustaqil boshqariladigan velosiped ishlab chiqildi
Huawei kompaniyasi mustaqil boshqariladigan yangi transport vositasi — velosiped yaratish ustida ish olib boryapti.
Toşkentda 9-noyabrdan isitiş mavsumi boşlanadi
- Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻistonga amaliy tashrifi yakunlandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Akbar Jörayev dast kötarişda özi örnatgan jahon rekordini yangilab, oltin medalga sazovor böldi
- Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga çiqdi
- YUNESKO sunʼiy intellekt etikasi böyiça Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofotning ikkinçi tanlovini eʼlon qildi