Tayinlov Navoiy viloyati hokimining 2026-yil 13-oktabrdagi 229-5-0-Q/26-sonli qaroriga asosan amalga oshirildi.

Tayinlovga qadar Bobir Islomov "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Bobir Islomov 1981-yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug‘ilgan. U 2003-yilda Navoiy davlat konchilik institutini, 2005-yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutini, 2012-yilda esa Oliy biznes maktabini tamomlagan.