Doniyor Yusupov Toshkent avtomobil yo‘llari institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlari qurilishi hamda avtomobil yo‘llari va aerodromlar mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar yo‘l qurilish va ta’mirlash tresti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati hamda Yunusobod tumani hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Doniyor Yusupov Yunusobod tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.