Bu haqida Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.

Ulardan biri — O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan ayblanib, 2017 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan F.F.N. hisoblanadi. Uning Turkiyada qo‘lga olinishi bilan qariyb 9 yil davomida qidiruvda yurgan davriga chek qo‘yildi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan A.M.A. ham Istanbulda ushlangan.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxslar belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirilgan. Hozirda ularga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston va Turkiyaning vakolatli idoralari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi hamkorlik davom ettirilmoqda.