Tadbirda Xorazm viloyati prokurori o‘rinbosari Xudaybergan Norqobilov hamda universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, yarmarkada qatnashayotgan korxona va tashkilotlar vakillari bilan suhbatlashdi. Muloqotlar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida viloyatdagi 350 ga yaqin idora, tashkilot va muassasalarning 1820 ta bo‘sh ish o‘rinlari bitiruvchilarga taklif etmoqda. Joriy yilda universitetni 6391 nafar bitiruvchi tamomlayotganini inobatga olsak, ushbu yarmarka ularning kasbiy faoliyatini boshlashda muhim imkoniyatlar maydoniga aylandi.

Yarmarka davomida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita uchrashib, mavjud vakansiyalar, mehnat sharoitlari, ishga qabul qilish tartibi hamda kelgusidagi kasbiy faoliyat istiqbollari yuzasidan batafsil ma’lumot olib, shu yerning o'zida ishga kirish bo'yicha shartnomalar imzolashga muvofiq bo'lishdi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda oliy ta’lim muassasasi bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Hamkorlik materiali