Ilgari bir kasbni egallab, bir umr şu sohada işlaş mumkin edi. Bugun vaziyat boşqaça – çipta sotuvçi kabi bir qator kasblarga ehtiyoj keskin kamaydi. Şuning barobarida yangi kasblar paydo bölmoqda. Endilikda korxona va taşkilotlar xodimlari avvalgidek faqat (doimiy ravişda) mavjud könikma va bilimlariga tayanib emas, öz ustida tinmay işlaşi va izlanişiga töğri kelmoqda. Aks holda işidan ayrilişi mumkin. Şunday paytda davlatimiz tomonidan yigit-qizlarimizni kasbga tayyorlaş böyiça işlarni takomillaştiriş, sohalar xodimlari malakasini yangi texnologiyalar asosida oşirib boriş çoralari körilayotgani eʼtiborga molik.

Kasbiy taʼlim agentligi taqdim etgan maʼlumotlarga köra, yurtimizda malakali kadrlarga talab yuqoriligiça qolmoqda. Ayniqsa, işlab çiqariş, quriliş, logistika, kiberxavfsizlik mutaxassislari, töqimaçilik va oziq-ovqat sanoatida işçi kasblar hamda texnik mutaxassislarga ehtiyoj katta. Yangi loyihalarni boşlaş köpinça mos mutaxassis topilmagani sababli keçiktirilmoqda. Şu bilan birga, kasbiy taʼlim muassasalari bitiruvçilarining tayyorgarlik darajasi iş beruvçilarni töliq qoniqtirmayotgani, ularda amaliy könikmalar, zamonaviy uskunalar bilan işlaş va işlab çiqariş madaniyatiga moslaşiş borasida kamçiliklar mavjudligi kuzatilmoqda.

Iş izlovçilarning yuqori oylik maoş istaşi har doim ham ularning real malakasi va tajribasiga mos kelmayapti. Bu holat işga qabul qiliş jarayonini murakkablaştirib, böş iş örinlarining uzoq vaqt töldirilmay qolişiga olib kelmoqda. Aniqlangan bu kabi kamçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan işlar doirasida kasb-hunar texnikumlarining ixtisoslaşuvi qayta körib çiqilgan. Natijada 49 ta kasb va mutaxassislik böyiça kadrlar tayyorlaş töxtatilib, 97 ta yangi kasb klassifikatorga kiritilgan. Sanoat, quriliş, energetika, transport, qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş, axborot texnologiyalari, turizm, töqimaçilik, umumiy ovqatlaniş va tibbiyot kabi yönalişlarga talab ortayotgani sababli uşbu sohalarda kadrlar tayyorlaş kengaytirilmoqda. Öqitiladigan mutaxassisliklar röyxati iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoji, hududlarning işlab çiqariş salohiyati va iş beruvçilar talabidan kelib çiqib şakllantirilmoqda.

Maʼlumki, kasbiy taʼlim tizimida şakllanayotgan yangi modelning markazida dual taʼlim turadi. Uşbu yondaşuv taʼlim va işlab çiqariş örtasidagi anʼanaviy uzilişni bartaraf etib, ularni yagona tizimga birlaştirişga xizmat qilmoqda.

Dual taʼlimning yana bir muhim jihati uning iqtisodiyot bilan töğridan töğri integratsiyalaşganidir. Hududlarda “investor–tarmoq–texnikum” zanjiri yölga qöyilgani va 4 mingdan ortiq yirik iş beruvçining texnikumlarga biriktirilgani kadrlar tayyorlaş jarayonini yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Endilikda hududlarda qaysi mutaxassisliklarga ehtiyoj yuqoriligi aniqlanib, kadrlar tayyorlaş şu ehtiyojdan kelib çiqib rejalaştirilmoqda. Bu mehnat bozorida talab qilinmaydigan mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlaşni tugatiş va bitiruvçilar bandligini taʼminlaşga xizmat qiladi.

Maʼlumotlarga köra, joriy yil mart oyida böş iş örinlari soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 9,8% ga oşgan. Biroq iş izlovçilarning faol rezyumelari 31,5% ga köpaygan, bu işga kirişda raqobat kuçayganini körsatadi.

Taxminlarga köra, 2030-yilga borib raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik mutaxassislari, avtomatlaştiriş va robototexnika, qişloq xöjaligi va agrotexnologiya, energetika, logistika hamda xizmat körsatiş kabi sohalarda malakali kadrlarga ehtiyoj yanada ortişi kutilmoqda.

X. Salimov,

Yuz.uz muxbiri