O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi hamkorligida fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolar 16 iyun kuni bepul asosda O‘zbekistonga qaytarilib, o‘z oilalari bag‘riga sog‘-omon yetib borishi ta’minlandi.
Mutasaddilar xorijga mehnat faoliyati uchun yo‘l olishdan avval ish beruvchi, vositachi tashkilot va mehnat shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganish, barcha hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish hamda faqat rasmiy va ishonchli manbalar orqali ishga joylashishni tavsiya qildi.
Shuningdek, shubhali takliflarga ishonish yoki hujjatlarni rasmiylashtirmasdan xorijga chiqish fuqarolarning murakkab huquqiy va ijtimoiy vaziyatlarga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkinligi yana bir bor eslatildi.