Tadbirda maktab maslahatchilari, hududiy «Kelajak» markazlarining mas’ul xodimlari hamda markaz direktorları ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida Jizzax viloyati «Kelajak» markazi direktori San’at Xudayberdiyev, Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Ijodbek Ahmedov so‘zga chiqdilar.
Forumda ta’lim sohasidagi islohotlar va maktab maslahatchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ish uslublarini joriy etish, maktablar va «Kelajak» markazlari hamkorligini rivojlantirish, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar uchun trening va amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi. Ularda maktab maslahatchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar taqdim etildi.
Shuningdek, ochiq muloqot, tajriba almashish va interaktiv mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida forumda faol ishtirok etganlar taqdirlandi.
Mazkur forum maktab maslahatchilarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish,
hududlar o‘rtasida tajriba almashish hamda o‘quvchilarning ijodiy, intellektual va
ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib
chiqishga xizmat qildi.
Farhod NE’MATOV,
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri.