Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Inspeksiya tomonidan 2–4 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida paxta yig‘im-terimi mavsumida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
Tekshiruvlar davomida ayrim holatlarda terimchilarga mehnati uchun haq o‘z vaqtida to‘lanmagani aniqlangan. Natijada ularga tegishli bo‘lgan 8,833 mlrd so‘m mablag‘ undirilb, to‘lanishi ta’minlangan.
"Davlat mehnat inspeksiyasi paxta yig‘im-terimi mavsumida monitoringlarni davom ettiradi. Bunda terimchilarning mehnat huquqlariga rioya etilishi, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligiga alohida e’tibor qaratiladi", deyiladi xabarda.