Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Prezident Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolash chog‘ida, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ygan. Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy kontseptsiyani ishlab chiquvchi maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Ishchi guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini tashkil etish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Sherzod Asadovning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolash chog‘ida ta’lim sifatini oshirish, sohani yangi bosqichga olib chiqish, bozor talablariga mos ta’limni rivojlantirish, raqobat va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan edi.