Bu Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 oktyabrdagi 557-son qarorida belgilangan, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, to‘lov miqdori ro‘yxatga olingan iqtisodiy birlikning turiga bog‘liq bo‘ladi:

  • rasmiy iqtisodiy birlik bo‘yicha har bir qabul qilingan so‘rovnoma uchun — 6 120 so‘m;
  • norasmi y iqtisodiy birlik bo‘yicha har bir qabul qilingan so‘rovnoma uchun — 8 160 so‘m.

Masalan, hokim yordamchisi 400 ta rasmiy va 100 ta norasmiy iqtisodiy birlikni to‘liq ro‘yxatga olsa, unga jami 3 million 264 ming so‘m bir martalik rag‘batlantirish to‘lovi hisoblanadi.


Rag‘batlantirish to‘lovlari Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mablag‘lar biriktirilgan hududda iqtisodiy birliklarni ro‘yxatga olish to‘liq qamrab olingandan so‘ng to‘lanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar biznesni ro‘yxatga olish tadbirida onlayn ishtirok etadi. Shu sababli ular bo‘yicha hokim yordamchilariga bir martalik rag‘batlantirish to‘lovi hisoblanmaydi.