Ota-onalar va oʻquvchilar mazkur savdo nuqtalaridan oʻquv-yozuv qurollari, darsliklar, maktab formalarini va boshqa oʻquv anjomlarini sifatli hamda hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega.
Shu munosabat bilan Raqobat qoʻmitasi isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini taʼminlash hamda aholiing sifatli va hamyonbop mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi.
Qoʻmita ota-onalar va oʻquvchilarga xarid jarayonida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim maʼlumotlarga eʼtibor qaratishni tavsiya qildi.
Tadbirkorlik subyektlariga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlarning sifati, narxlarning asosliyligi, isteʼmolchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish shartligi eslatildi.
Raqobat qoʻmitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalarini, oʻquv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilishga chaqirdi.
Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, bu haqda Raqobat qoʻmitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.
Qoʻmita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha monitoring ishlari olib borilmoqda.