Qarorga muvofiq, yangi filial Özbekiston va Rossiya örtasida ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantiriş, ustuvor yönalişlarda qöşma tadqiqotlar ötkaziş hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş bilan şuğullanadi.

Filial faoliyatining asosiy yönalişlari materialşunoslik, atom energetikasi, bioiqtisodiyot, yadroviy tibbiyot va radiologiya, şuningdek, kvant texnologiyalarini qamrab oladi.

Şuningdek, Özbekiston Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi hamda Ilğor texnologiyalar markazi bilan biotexnologiya va genom texnologiyalari sohasida qöşma ilmiy tadqiqotlar amalga oşiriladi.

Filialda yadroviy texnologiyalar, kvant fizikasi va radiobiologiya sohalari böyiça yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimi ham yölga qöyiladi.

Iqtidorli talabalar, doktorantlar va yoş olimlar uçun Rossiyadagi boş muassasaning yetakçi laboratoriyalarida har yili kamida 10 nafar xodimning qisqa va uzoq muddatli ilmiy stajirovkalari taşkil etiladi.

Bundan taşqari, filialda tahsil olayotgan doktorantlar va mustaqil tadqiqotçilar uçun mahalliy hamda xorijiy olimlar iştirokida qöşma ilmiy rahbarlik (co-tutelle) tizimi joriy qilinadi.

Hujjat: Lex.uz