Kir Starmer Angliyadagi mahalliy saylovlar va Shotlandiya hamda Uels parlamentlariga bo‘lib o‘tgan ovoz berishlarda Leyboristlar partiyasi katta yo‘qotishlarga uchraganidan so‘ng ham lavozimini tark etmasligini bildirdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri saylov natijalaridan keyin jurnalistlar bilan muloqotda «o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun ishda qolishini» ta’kidladi. U partiya mag‘lubiyati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, hukumat ayrim «keraksiz xatolar»ga yo‘l qo‘yganini tan oldi.
Saylovlarda asosiy yutuqni
Natijalar Britaniyaning an’anaviy ikki partiyali siyosiy tizimi zaiflashayotganini ko‘rsatdi. Konservativ partiya va Leyboristlar partiyasi nafaqat
Leyboristlar partiyasi Angliyaning bir qator hududlarida, jumladan, so‘nggi qariyb 50 yil davomida nazorat qilib kelgan ayrim kengashlarda hokimiyatni yo‘qotdi.
Saylov natijalari ortidan ayrim leyborist deputatlar Starmerni kelajakdagi rejalar va ehtimoliy iste’fosi bo‘yicha aniq pozitsiya bildirishga chaqirdi. Biroq hukumat a’zolari bosh vazirni qo‘llab-quvvatlab, hozirda rahbariyat almashinuvii mamlakat uchun yanada beqarorlik keltirib chiqarishini ta’kidladi.
Kuzatuvchilar fikricha, mazkur saylovlar Britaniya siyosiy sahnasidagi jiddiy o‘zgarishlarni va aholi kayfiyatining keskin o‘zgarib borayotganini namoyon qildi.