Davlat va boshqaruv idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, o‘zining boy bilim va tajribasi, fidoyiligi, tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va taraqqiyotini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, hududni kompleks rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, turli sohalarda muhim dastur va loyihalarni ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Nematova Nargiza Isamiddinovna “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev