25-noyabr kuni bölib ötadigan rasmiy oçiliş marosimida Tourism Malaysia boş direktorining Promotion II yönalişi böyiça örinbosari Li Tay Xung, taşkilotning xalqaro tarğibot departamenti Amerika, Yevropa va Okeaniya mamlakatlari böyiça direktori Mohamad Libra Li Haniff, Tourism Malaysiaʼning Olmaotadagi vakolatxonasi direktori Nor Şazli Azmi, şuningdek, Özbekiston va Malayziya turizm sohasi vakillari hamda faxriy mehmonlar iştirok etadi.

Malayziyaning TITF 2026 körgazmasidagi iştiroki Visit Malaysia 2026–2027 (VM2026–2027) xalqaro kampaniyasi doirasida amalga oşirilmoqda. Uşbu taşabbus mamlakatning boy madaniy merosi va turizm imkoniyatlarini xalqaro auditoriyaga kengroq tanitişga qaratilgan. Bunda barqaror turizm va mahalliy madaniyat bilan bevosita tanişiş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Körgazma Malayziyaning Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa jadal rivojlanayotgan bozorlaridagi iştirokini kengaytiriş uçun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.

Malayziya delegatsiyasi tarkibidan mehmonxona tarmoqlari va kurortlar, turoperatorlar, turagentliklar, taʼlim muassasalari, Batik Air aviakompaniyasi, şuningdek, Langkawi Development Authority (LADA) va Islamic Tourism Centre (ITC) kabi davlat taşkilotlari vakillari örin olgan. TITF 2026 ularga mintaqadagi hamkorlar bilan bevosita uçraşiş, yangi işbilarmonlik aloqalarini örnatiş va mahalliy sayyohlar talabiga mos turistik mahsulotlarni işlab çiqiş imkonini beradi.

Körgazmaga taşrif buyuruvçilar Malayziya madaniyati bilan raqs va musiqiy çiqişlar, interaktiv pazandaçilik hamda hunarmandçilik namoyişlari orqali yaqindan tanişişlari mumkin. Dasturdan batik bezagi böyiça mahorat darsi, şuningdek, mamlakatning maşhur «çözma» çoyi — teh tarik tayyorlaş şousi va uni tatib köriş tadbiri ham örin olgan.

Markaziy Osiyo Malayziyaga turistlar oqimini oşirişda muhim mintaqalardan biri bölib qolmoqda. Ayniqsa, Özbekiston yuqori ösiş surʼatlarini namoyon etmoqda. 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida Malayziyaga Özbekistondan 22 529 nafar sayyoh taşrif buyurgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 64,1 foiz köpdir. Markaziy Osiyoning beşta davlatidan jami taşriflar soni esa 77 137 nafarga yetgan. Bu 2025-yilning dastlabki töqqiz oyiga nisbatan 21,7 foiz ösişni anglatadi.

Joriy yilda Özbekiston va Malayziya örtasidagi aviaqatnovlar ham sezilarli darajada rivojlandi. Hozirda Toşkent va Kuala-Lumpur şaharlari örtasida Batik Air va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari tomonidan haftasiga yettita töğridan-töğri reys amalga oşirilmoqda. Langkaviga töğridan-töğri reyslarni ham öz içiga olgan mavsumiy çarter dasturlari özbekistonlik sayyohlarga poytaxtdan taşqaridagi turistik manzillarga boriş imkoniyatini ham kengaytirmoqda.

«Turistlar oqimi böyiça sönggi maʼlumotlar bizga optimizm bağişlamoqda. Biroq maqsadlarimiz faqat sayyohlar sonini oşiriş bilan çeklanmaydi. Biz Özbekiston turizm sohasi bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş, mahalliy sayyohlarning istak va ehtiyojlarini hisobga olgan holda turistik takliflarni kengaytiriş hamda Malayziyani yana va yana qaytib borişni istaydigan mamlakatga aylantirişga intilmoqdamiz. Turizmning rivojlanişi xalqlarimiz va madaniyatlarimizni yanada yaqinlaştiradi. Kelgusida bu aloqalar yanada mustahkamlanişiga umid qilamiz», — dedi Tourism Malaysia boş direktorining Promotion II yönalişi böyiça örinbosari Li Tay Xung.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida Tourism Malaysia delegatsiya, turizm sohasi hamkorlari va faxriy mehmonlar iştirokida tantanali keçki ovqat ham taşkil etadi. Taşrif dasturidan aviakompaniyalar, turoperatorlar va soha vakillari bilan uçraşuvlar, şuningdek, 27-noyabr kuni alohida B2B sessiya ötkaziş ham örin olgan.

Mazkur tadbirlar yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, turistik mahsulotlarni yaratiş hamda «Malaysia, Beautifully Yours» brendini ilgari suriş orqali Malayziya, Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlari örtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan.

Tourism Malaysia haqida

Malayziya Turizmni tarğib qiliş kengaşi (Malaysia Tourism Promotion Board), Tourism Malaysia nomi bilan ham tanilgan, mamlakat Turizm, sanʼat va madaniyat vazirligi (MOTAC) huzuridagi agentlik hisoblanadi. Taşkilot Malayziyani jozibador turistik yönaliş sifatida tarğib qiliş bilan şuğullanadi hamda mamlakatning jahon turizm bozoridagi mavqei va raqobatbardoşligini mustahkamlaşda muhim örin tutadi.

Visit Malaysia 2026–2027 (VM2026–2027) kampaniyasi Malayziyaning BMT Barqaror rivojlaniş maqsadlariga muvofiq barqaror turizmni rivojlantiriş tamoyillariga sodiqligini aks ettiradi. Kampaniya mamlakatning tabiiy diqqatga sazovor joylari, boy madaniy merosi va turli turistik takliflarini namoyiş etiş, şu bilan birga mahalliy hamjamiyatlar va turizm sohasi iştirokçilari uçun inklyuziv ösiş hamda uzoq muddatli imkoniyatlarni yaratişga qaratilgan.

Qöşimça maʼlumotni Tourism Malaysiaʼning rasmiy sayti — www.tourism.gov.my hamda Facebook, Instagram, X, YouTube va TikTok ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalaridan oliş mumkin.

Tourism Malaysia Almaty Office matbuot xizmati

Reklama