Bu haqida Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida muhokama qilinayotgan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun yuzasidan senator Malika Qodirxonova ma’lum qildi.

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan amnistiya, shartli ozod qilish, jazoni muddatidan oldin tugatish va boshqa engillashtiruvchi choralarni qo‘llash imkoniyatlarini cheklash taklif etilmoqda.

«Bu, avvalo, bolalarning huquqlarini kafolatlash va ularning kelajagi uchun davlat tomonidan qo‘yilayotgan eng muhim qadamlaridan biri, deb hisoblayman», — dedi senator Malika Qodirxonova.