Bu haqda Qirollik saroyi xabarida ma’lum qilindi.
“Biz chuqur qayg‘u bilan Qirol Hazrati oliylari Haraldning vafot etganini e’lon qilamiz. Qirol Xarald 28-avgust, juma kuni soat 6:35 da Oslo universiteti shifoxonasi Rikshospitaletda tinchgina vafot etdi”, deyiladi xabarda.
Monarxning sog‘lig‘i so‘nggi kunlarda yomonlashdi, u shifoxonada edi, uning vazifasini valiahd shahzoda Xokon bajarib turdi, deb xabar berdi report.az.
Harald V 1937-yil 21-fevralda tug‘ilgan. U 1991-yilda otasi Ulaf V vafotidan keyin taxtga o‘tirdi. Haraldning vorisi 53 yoshli valiahd shahzoda Xokon hisoblanadi.