— Ha, so‘nggi ikki oy ichida neftga talabning o‘sishi kutilganidan sekinlashdi. Biroq, bu sezilarli o‘zgarish emas, — dedi u.
OPEK bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, neftga talab 2027-yilga borib yana tezlashadi.
— Biz kelgusi yilda talabning o‘sishi kuniga 1,5 million barrel darajasida bo‘lishini kutmoqdamiz, — deya qo‘shimcha qildi Haysam al-G‘ays.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sekinlashuv tashkilotning uzoq muddatli prognozlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, deb xabar berdi Kazinform.