Tadbirda Hindiston, Oʻzbekiston, Koreya Respublikasi, Bangladesh, Belarus, Bahrayn, Butan, Vyetnam, Indoneziya, Tailand, Tojikiston, Afgʻoniston, Shri-Lankadan toʻqimachilik va ipakchilik sohasi mutaxassislari, hunarmandlar oʻz taqdimotlarini namoyish etdi.
Onlayn vebinarning ochilish marosimi ushbu mamlakatlarning Hindistondagi elchilari ishtirokida Hindiston Madaniy aloqalar kengashi binosida tashkil etildi.
Marosimda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining vebinar ishtirokchilariga videomurojaati namoyish etildi. Narendra Modi oʻz nutqida toʻqimachilik sohasi nafaqat ulkan iqtisodiy, balki xalqlar oʻrtasida madaniy muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Dasturga koʻra, vebinar ishi seksiyalarga ajratilgan holda davom ettirildi. Seksiyalar tarkibida yuqorida qayd etilgan 13 davlat vakillari tegishli mavzular boʻyicha oʻz taqdimotlarini oʻtkazdi.
Vebinar davomida Buxoro viloyati hokimligi vakillari va viloyat hunarmandlari Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati, bu boradagi mavjud investitsion salohiyat xususida taqdimotni namoyish etdi. Unda yurtimizda hunarmandchilik anʼanalarini asrab-avaylash va rivojlantirishga davlat darajasida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatining ipak gilam toʻqish anʼanalari boʻyicha berilgan maʼlumotlar tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Oʻzbekiston toʻqimachilik va ipakchilik sohasi salohiyati Hindistonda taqdim etildi
Hindiston Madaniy aloqalar kengashi va Uttar-Pradesh dizayn instituti tomonidan tashkil etilgan “Toʻqimachilik aloqalari: Toʻquv anʼanalari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro vebinarda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va Buxoro viloyati hokimligi vakillari ishtirok etdi.
Nukus shahridagi issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha loyiha koʻrib chiqildi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi
- Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
- O‘zbekistonda bioxilma-xillik ma’lumotlarini boshqarish bo‘yicha yagona ECODATA platformasi ishga tushirildi
- Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
- “Chinor” metro bekati qayta ochiladi
Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
- Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
- Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar
- Oʻzbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi