Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga oliy darajadagi davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat fanlar akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, matematika, yadro fizikasi, kimyo, materialshunoslik, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, sun’iy intellekt va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsiyalarni tijoratlashtirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ilmiy markazlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, yosh olimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ilmiy tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Oliy darajadagi tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi Anglashuv memorandumi ikki davlat prezidentlari huzurida imzolandi. Muzokaralar davomida memorandumda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirish, qo‘shma ilmiy dasturlar va laboratoriyalarni yo‘lga qo‘yish, innovatsion ishlanmalarni birgalikda amalga oshirish hamda xalqaro ilmiy grantlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq choralarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar O‘zbekiston–Belarus strategik sherikligining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni izchil rivojlantirish, ilmiy salohiyatni birlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni yaratishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shu bilan birga, qo‘shma ishchi guruh tuzish hamda hamkorlikning amaliy “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi 1929-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning oliy davlat ilmiy tashkiloti hisoblanadi. Akademiya fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi hamda tabiiy, texnika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan o‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarni birlashtiradi.
O‘zbekiston va Belarus fanlar akademiyalari ilmiy hamkorlikni yanada kengaytiradi
Minsk shahridagi Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov hamda Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Prezidiumi raisi Vladimir Karanik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?
- Xitoylik olimlar Somon yo‘lining tashqi diskida to‘lqinsimon tuzilmalarni kashf etishdi
- O‘zbekistonning Cerberus startapi TechCrunch Startup Battlefield 2026 mintaqaviy finalida g‘olib bo‘ldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida
- O‘zbekistonda elektromobillar importi 2,6 barobarga oshdi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun tunda yilning eng noyob meteor yomg‘iri kuzatiladi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi