Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi mexanizmlarni faollashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirish ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri elchiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, o‘zaro munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitish yo‘lida yaqin va samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.