Jahon chempionatida erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz munosib ishtirok etdi. Taʼkidlash kerak, polvonlarimizni ushbu musobaqaga taniqli murabbiy Aʼzamjon Shokirjonov tayyorladi.
Quvonarlisi, dunyoning 35ta davlatidan yigʼilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 3ta oltin hamda 5tadan kumush va bronza medallarini qoʼlga kiritishgan holda umumjamoa hisobida faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Belbogʼli kurashning erkin yoʼnalishida oʼtgan bellashuvlarda polvonlarimizdan 57 kggacha boʼlgan vazn toifasida namanganlik Oybekjon Hamidov, -68 kg.da andijonlik Oybek Sultonov hamda qizlarda -52 kg. vaznda Farangiz Abdunabiyeva (Sirdaryo) oltin medalga sazovor boʼlishdi.
Shuningdek, jahon chempionatida -82 kgda Husniddin Roʼziyev (Andijon), -100 kgda Aʼzamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kgda Sherzod Rahimov (Fargʼona), -58 kgda Manzuraoy Moʼydinova (Fargʼona) kumush medallarga ega chiqishgan boʼlishsa, -62 kgda Murodjon Rahimov (Xorazm), -52 kgda Madina Akramova (Andijon), -66 kgda Zemfira Azatova (Qoraqalpogʼiston Respublikasi) hamda +76 kgda Anife Kurtseitova (Andijon)lar 3-oʼrinni band etib, bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Belbogʼli kurashning klassik yoʼnalishida polvonlarimizdan -62 kg vazn toifasida andijonlik Husanboy Nosirov (Andijon) 3-oʼrinni egallagan boʼlsa, +100 kgda nomdor polvonimiz Zaylobiddin Ortiqov kumush medal egasiga aylandi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan belbogʼli kurash boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun erta tongda Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionati gʼolib va sovrindorlarini sportchilarning oila aʼzolari, ustoz-murabbiylari, Oʼzbekiston belbogʼli kurash federatsiyasi vakillaridan iborat keng sport jamoatchiligi munosib kutib olishdi.
Polvonlarimiz jahon chempionatida 13ta medalga sazovor boʻlishdi
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʼli kurash boʼyicha kattalar oʼrtasida jahon chempionati boʼlib oʼtdi.
“Navoiyuran” davlat korxonasida mas’ul rahbarlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
- O‘zbekiston — Eron qishloq xo‘jaligi biznes forumi: tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
- Maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi
- Turkiyadagi litseyda otishma yuz berdi
- Mudofaa vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
- Toshkentda “Green games” va sport marafonlari o‘tkazildi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi