Tashrif dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish oʻrin olgan.
Davlat rahbari mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ham koʻzdan kechiradi. Tashrif davomida qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkaziladi.