Mazkur ta’lim tashkiloti rahbariyati va mas’ul xodimlari bolalarni avtotransport vositalarida tashish qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy ogohlantirib kelingan.

Ammo mazkur talab va majburiyatlarga amal qilinmaganligi sababli joriy yilning 4-iyun kuni muassasaga qatnovchi tarbiyalanuvchilardan biri transport vositasida qoldirib ketilgan hamda muassasa xodimlarining sovuqqonligi va e’tiborsizligi natijasida avtotransport ichida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor O. A bilan tuzilgan tegishli bitim hujjatlari bekor qilindi.