Maʼlum qilinişiça, A373 «Toşkent – Ohangaron – Angren – Qöqon – Şahrixon – Andijon» avtomobil yölining 102–142 hamda 153–160-kilometrlari oraliğida yomğir, 142–153-kilometrlarida esa qor yoğmoqda.
Ayni paytda havo harorati +2 darajani taşkil etmoqda. Ayrim hududlarda tuman tufayli köriş masofasi 800 metrgaça qisqargan.
Bunday ob-havo şaroitida haydovçilardan ayniqsa ehtiyotkor böliş söralmoqda. Yöldagi bir lahzalik eʼtiborsizlik ham jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Haydovçilarga quyidagi qoidalarga amal qiliş tavsiya etiladi:
- harakat tezligini ob-havo şaroitiga moslaştiriş;
- oldindagi transport vositasi bilan xavfsiz oraliq masofani saqlaş;
- quvib ötişda şoşilmaslik;
- yomğir va tuman şaroitida yoritiş çiroqlaridan töğri foydalaniş;
- yöl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qiliş.